Maktab boshqaruv platformasi
Elektron jurnal, turniket va yuz tanish, moliya, qarzdorlar, ombor va analitika — direktor hamda o'quv bo'limi uchun yagona tizim. Har bir raqam real vaqtda, har bir filial kesimida.
Bizga ishonishadi
Har kuni 200+ maktab o'quv jarayonini EduSchool orqali boshqaradi












































Turniket va yuz tanish
Turniket qurilmalari tizimga ulanadi, o'quvchilar yuz orqali ommaviy sinxronizatsiya qilinadi. Har bir kirish va chiqish jurnalga tushadi, ota-onaga o'sha zahoti SMS ketadi, qarzdor esa ichkariga o'tolmaydi.
O'quvchi va xodimlar qurilmalarga bir amalda yuklanadi — karta kerak emas.
Kirish-chiqish zahoti SMS ketadi — Eskiz.uz va PlayMobile orqali.
Qarz chegarasini siz belgilaysiz — oshgan o'quvchi turniketda to'xtaydi.
Kerakli shaxs kirishdan bloklanadi, qoidabuzarliklar alohida saqlanadi.
Sinf va o'quvchi kesimida yig'ma hisobot.
Kirish-chiqish turniketda avtomatik qayd etiladi va kunlik davomat hisoboti tayyor bo'ladi.
Turniket lentasi
JonliImkoniyatlar
Har qarzdorga mas'ul xodim va kelishilgan to'lov sanasi biriktiriladi.
| O'quvchi | Sinf | Qarz | Holat | |
|---|---|---|---|---|
| Sardor Yo‘ldoshev | 8-B | 2 400 000 | M. Qodirova | Kelishildi |
| Nilufar Tosheva | 5-A | 1 150 000 | A. Ergashev | Qo'ng'iroq |
| Jasur Aliyev | 10-A | 3 800 000 | M. Qodirova | Muddati o'tgan |
14+ tayyor hisobot · bir bosishda Excel’ga
Sof foyda
+312 mln so'm
Pul oqimi (mln UZS)
Har bir mas’ul o‘z panelini oladi. Bitta tizim, lekin har bir xodim faqat o‘ziga tegishli ekranni ko‘radi. Ruxsatlar rol konstruktori orqali filial kesimida beriladi.
Ota-onalar uchun mobil ilova
iOS va Android ilovasida ota-ona bolasining kirish-chiqish vaqtini, baholarini, kontrakt qarzini va dars jadvalini o'zi ochib ko'radi. Kotibaning telefoni jim bo'ladi.
Bugun
Oxirgi baholar
2-chorakKontrakt
Payme / ClickKirish, chiqish, kechikish
Fanlar va choraklar kesimida
To'lov rejasi, qolgan qarz
Ilovadan chiqmasdan, kassaga
Bugungi va haftalik
Insidentlar va coin balansi
Moderator, fayl, shikoyat
E'lon, so'rovnoma, sertifikat
Ilovani ochmaganlarga — avtomatik SMS
iOS va Android • Eskiz.uz va PlayMobile SMS • Payme, Click, Atmos, Multicard
Integratsiyalar
To'lov tizimlari, SMS provayderlar, turniket qurilmalari va telefoniya — hammasi panel ichidan sozlanadi. Har bir filial o'z kalitlari bilan ishlaydi.
Ota-ona ilovadan to'laydi, pul o'quvchi hisobiga tushadi.
Xabarnomalar maktabning o'z provayder hisobidan yuboriladi.
Yuz sinxronizatsiyasi, kirish-chiqish nazorati, davomat manbai.
Qo'ng'iroq yozuvlari lid kartochkasiga biriktiriladi.
Baholar, davomat, turniket va kontrakt qoldig'i.
Moderator ↔ ota-ona va o'qituvchi, fayl yuborish bilan.
Dars qoldirish, turniket, to'lov va qarzdorlik bo'yicha avtomatik xabar.
Har filialda alohida kassa, kalitlar va turniketlar.
Raqamlarda
EduSchool bugun O'zbekistondagi xususiy maktab, litsey va gimnaziyalar tarmog'ida ishlaydi — davomatdan tortib kassagacha.
Maktablar
Platformada faol ishlayotgan xususiy maktab, litsey va gimnaziyalar
O'quvchilar
Davomati turniket va jurnal orqali qayd etilib, moliyasi tizimda yuritiladigan o'quvchilar
Tayyor hisobot
O'zlashtirish, davomat, turniket, qarzdorlar va filial kesimidagi hisobotlar — Excel eksport bilan
Qo'llab-quvvatlash
Joriy etish bo'yicha shaxsiy mutaxassis va texnik yordam kechayu kunduz aloqada
Mijozlar
Maktab ishi tizimlashganida rivojlanish boshlanadi. Quyida — platformani kundalik ishida ishlatayotgan rahbarlar.
Davomat, baho va to'lov — hammasi tizimga o'zi tushadi. Ilgari xodimlar kunning yarmini qo'lda hisob yuritishga sarflardi, endi o'sha vaqt bolalar bilan ishlashga qoladi.

Avazbek Tulovov
Rahbar · Registon maktabi
Qarzdorlik eng katta boshog'rig'imiz edi. Endi har bir shartnomaga mas'ul xodim va kelishilgan to'lov sanasi biriktirilgan, eslatmalar o'zi ketadi — qarzdorlik sezilarli kamaydi.

Xushnud Jumaniyazov
Rahbar · Omon school
Moliyaviy manzarani istagan payt bir tugmada ko'raman: kim to'lagan, kim qoldirgan, qancha kutilyapti. Hisobot yig'ishga kun ketmaydi, to'lovlar o'z vaqtida tushyapti.

Mirzajahonbek Ismonaliyev
Moliyachi · English Life
Savol-javob
Joriy etish, turniket, ruxsatlar va hisobotlar bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga aniq javoblar.
Odatda 24-48 soat. Jamoamiz o'quvchilar, o'qituvchilar va sinflar ro'yxatini Excel orqali bepul ko'chirib beradi, akademik yil, chorak va dars soatlarini sozlaydi. Siz to'liq ishlaydigan jurnal, dars jadvali va kassa bilan ish boshlaysiz.
Maktabingiz uchun bepul konsultatsiya oling — joriy etish bo'yicha mutaxassis siz bilan bog'lanadi.
+998 78 113-34-04Bepul demo
Telefon raqamingizni qoldiring — 10 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz va maktabingiz ma'lumotlari bilan sozlangan demo muhitini ochib beramiz.
Bir daqiqalik forma — qolganini biz qilamiz.